Samarqand viloyatida birinchi qor yog‘di

Samarqand viloyatida birinchi qor yog‘di
Samarqand viloyatida birinchi qor yog‘di

Samarqand shahrida 18 oktyabr, yakshanba kuni qor yog‘di. Bu haqda Twitter foydalanuvchilariga asoslanib Daryo.uz xabar bermoqda.

«Birinchi qor bilan, Samarqand!», — deb yozadi foydalanuvchilardan biri. @Samarqandiy taxallusli foydalanuvchi esa «Samarqandda birinchi qor» deya xabar qoldirib, «birinchi qor bilan selfi»ga tushgan.

«Qarangki, shahar bayramida Samarqandda birinchi qor yog‘moqda. Yoqqanda ham ajoyib qor! Hammani bayram bilan!», — deb yozadi foydalanuvchi @Usmon_IX.

Ma’lumot uchun, 16—18 oktyabr kunlari O‘zbekistonda havo harorati sezilarli pasaydi, deyarli butun mamlakat bo‘ylab yog‘ingarchilik kuzatildi.

«O‘zgidromet» ma’lumotlariga ko‘ra, 19 oktyabr kuni O‘zbekistonning janubiy viloyatlari — Qashqadaryo va Surxondaryoda havo harorati +18 darajagacha, qolgan hududlarda, jumladan, Samarqand viloyatida +15 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda, faqat vodiyda (Andijon, Namangan, Farg‘ona) vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.