1—2 dekabr kunlari «Qamchiq» dovoniga vaqti-vaqti bilan kuchli qor yog‘adi

1—2 dekabr kunlari «Qamchiq» dovoniga vaqti-vaqti bilan kuchli qor yog‘adi
1—2 dekabr kunlari «Qamchiq» dovonining A-373 «Toshkent — O‘sh» avtomobil yo‘lida vaqti-vaqti bilan kuchli qor yog‘ishi kutilmoqda. Bu haqda «Favqulodda vaziyatlar vazirligi» matbuot xizmatiga tayanib Daryo xabar berdi.

Tuman tushadi, yo‘lning ko‘rinish chegarasi 50—100 metrni tashkil qiladi. Shamol tezligi soniyasiga 17—22 metrgacha kuchayadi, yo‘lda qor uyumlari to‘planishi mumkin.

2—3 dekabr kunlari havo harorati keskin pasayadi, kechasi 12—17 daraja, kunduzi 7—12 darajagacha sovuqni tashkil etadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.