O‘zbekiston yana 2ta Talgo tezyurar poezdlarini xarid qiladi

O‘zbekiston yana 2ta Talgo tezyurar poezdlarini xarid qiladi
O‘zbekiston yana 2ta Talgo tezyurar poezdlarini xarid qiladi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ raisi Ochilboy Ramatov hamda Ispaniyaning Patentes Talgo S.L. kompaniyasi direktori Xose Maria de Oriol Fabra O‘zbekistonga 2ta Talgo tezyurar poezdlarini etkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolashdi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.

AJ matbuot xizmatining xabar berishicha, hujjatni imzolash marosimi Toshkentdagi investision forumda bo‘lib o‘tdi. “Kelishuvga 2015 yil martidagi tezyurar temir yo‘l harakati sohasidagi hamkorlik memorandumi asosida imzolandi.

Poezdlarning bu partiyasi O‘zbekistonning individual buyurtmasiga asosan tayyorlanadi. Yangi sostavlar ilgarigilaridan shunisi bilan farq qiladiki, ularga ikkita qo‘shimcha vagon biriktiriladi”, - deb ta’kidladi “O‘zbekiston temir yo‘llari” vakili.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.