50dan ortiq transport kompaniyasi vakillari O‘zbekistonda yig‘iladi


Respublikaning eng yirik transport ko‘rgazmasida qatnashuvchi xorijiy kompaniyalar hissasi 83 foizni tashkil qiladi. 5 mingdan ortiq ajnabiy vakillar tashrif buyuradi. Bu haqda “sputniknews-uz.com”ga asoslanib “Carzone.uz” sayti xabar berdi.
11 noyabrdan 13 noyabrgacha Expoclub xalqaro ko‘rgazmalar markazida “Transport va logistika — TransUzbekistan-2015” ko‘rgazmasi o‘tkaziladi.
Unda Xitoy, Belorussiya, Germaniya, Janubiy Koreya, Latviya, Litva, Rossiya, AQSh, Fransiya va Turkiya singari 50dan ortiq davlatlarning transport va neft kompaniyalari vakillari ishtirok etishi kutilmoqda. Rossiyadan “TransLesa”, “Transmashxolding” va boshqa kompaniya vakillari keladi.
Ko‘rgazmada havo, temiryo‘l va avtoyo‘l transporti bo‘limlari bo‘ladi, bundan tashqari logistika va tashish xavfsizligi bo‘yicha alohida bo‘lim ajratilgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













