1 iyuldan davlat xizmatchilarining ish haqlari oshirilishi mumkin

1 iyuldan davlat xizmatchilarining ish haqlari oshirilishi mumkin
Shavkat Mirziyoyevning Qashqadaryo viloyatiga qilgan tashrifida bergan topshirig‘iga asosan, 2018 yilda davlat xizmatlari sifatini yaxshilash hamda byudjet xodimlarining kasb mahoratini oshirishni rag‘batlantirish uchun byudjet sohasi ayrim xodimlari ish haqi miqdorlarini tabaqalashtirilgan holda oshirish rejalashtirilgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzaev ma’lum qilgan.

Mubin Mirzayevning qo‘shimcha qilishicha, davlat xizmatchilarining ish haqlari qo‘shimcha ravishda amaldagi inflyatsiya darajasidan kelib chiqib, joriy yilning 1 iyulidan 6-8 foiz oshirish mo‘ljallanmoqda. Yil oxiriga borib yana shuncha miqdorda ko‘paytirilishi rejalashtirilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.