O‘zbekistonda Hyundai Rotem’ning tezyurar poyezdlari paydo bo‘lishi mumkin

O‘zbekistonda Hyundai Rotem’ning tezyurar poyezdlari paydo bo‘lishi mumkin
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3 may kuni Janubiy Koreyaning Shimol bilan iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha qo‘mitasi raisi Son Yon Gil boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilgan edi.

Prezident bilan muzokaralardan so‘ng, janubiy koreyalik mehmon «Axborot 24» dasturiga bergan intervyusida ba’zi tafsilotlarni ma’lum qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan O‘zbekistonda tezyurar elektropoyezdlar harakatini yo‘lga qo‘yish va ayni yo‘nalishda faoliyat yurituvchi Hyundai Rotem kompaniyasi bilan hamkorlik, bunda biznes doiralarning o‘rni yuzasidan fikrlashdik.

Son Yon Gil, Janubiy Koreyaning Shimol bilan iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha qo‘mitasi raisi

Hyundai Rotem poyezdlaridan MDH mamlakatlari orasida Ukraina faol foydalanadi. Kompaniya metropoliten uchun ham poyezdlar tayyorlaydi — Olmaota metrosida aynan Hyundai Rotem poyezdlaridan foydalaniladi.
Ўзбекистонда Hyundai Rotem’нинг тезюрар поездлари пайдо бўлиши мумкин
Ma’lumot uchun, hozirgi vaqtda O‘zbekistonda Ispaniyaning Talgo kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan «Afrosiyob» tezyurar poyezdlaridan foydalanilmoqda.
O‘zbekistonda Hyundai Rotem’ning tezyurar poyezdlari paydo bo‘lishi mumkin
O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasidan ma’lum qilishlaricha, rasmiylar Toshkentdan asosiy turistik manzillar — Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabz tomon har bir yo har ikki soatda bir «Afrosiyob» kabi tezyurar poyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yishni maqsad qilgan.

Ayni vaqtda, Toshkent shahrida metropolitenning yangi liniyalarini qurish ishlari faol davom etmoqda.

Manba: Daryo
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.