Prezident sovg‘alari hududlarga jo‘natildi

Prezident sovg‘alari hududlarga jo‘natildi
Prezident sovg‘alari hududlarga jo‘natildi

Yurtimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklangan, shuningdek, ota-ona qarmog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar jamiyat va davlatning doimiy g‘amxo‘rligi va e’tiboridadir. Darhaqiqat, bunday ezgu ishlarning bir namunasi sifatida har yili ananaviy ravishda Prezident archasi bayram tadbirlarida bolajonlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan Prezident sovg‘asi tantanali ravishda topshiriladi.
Prezident sovg‘alari hududlarga jo‘natildi

Prezident sovg‘alari hududlarga jo‘natildi

Xalq talimi vazirligi tomonidan joriy yilda 11 ming dona Prezident sovg‘alari tayyorlanib, mazkur sog‘alar Mehribonlik uylari va Bolalar shaharchalari tarbiyalanuvchilari, “SOS” – bolalar mahallasi, Go‘daklar uyi, oilaviy bolalar uyi, Muruvvat uylari bolalariga, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan huquq-tartibot organlari xodimlarining farzandlariga beriladi.
Prezident sovg‘alari hududlarga jo‘natildi

Prezident sovg‘alari hududlarga jo‘natildi

Prezident sovg‘alari hududlarga jo‘natildi

Prezident sovg‘alari hududlarga jo‘natildi

Sovg‘alar 12 nomdagi o‘quv qurollari va 14 xil shirinliklardan iborat bo‘lib, bolajonlarga haqiqiy bayram quvonchini ulashadi.Prezident sovg‘alari shu yilning 24-25-dekabr kunlari respublikaning 9 ta viloyatiga “O‘zbekiston havo yollari” Milliy aviakompaniyasi orqali jo‘natildi. Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlariga 26-dekabr kuni avtotransportda yuborildi.Sovg‘alar shu yilning 29-dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlarida o‘tkaziladigan “Prezident archasi” bayram tadbirlarida tantanali ravishda topshiriladi.

Manba: uzedu.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.