O‘zbekistonda OVIR bekor qilinishi kutilmoqda

O‘zbekistonda OVIR bekor qilinishi kutilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi pasport tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

Qaror loyihasida 2019 yilning 1 yanvaridan xorijga chiqish uchun ruxsatnomani (stiker) rasmiylashtirish bekor qilinishi ko‘zda tutilgan. Uning o‘rniga xorijga chiqish uchun alohida biometrik pasport joriy etiladi.

Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosining biometrik pasporti — o‘z egasining shaxsini O‘zbekiston hududida tasdiqlovchi hujjat. Shuningdek, u o‘zida elektron axborot tashuvchi (chip)ga ega bo‘lib, O‘zbekiston fuqaroligini ham tasdiqlaydi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.