Oʻzbekistonda Coca-Cola xususiylashtirilishi mumkin (foto)

Oʻzbekistonda Coca-Cola xususiylashtirilishi mumkin (foto)
Moliya vazirligida Yevropa Tiklanish va taraqqiyot banki, The Coca-Cola Company (AQSH) va Coca-Cola İçecek (Turkiya) vakillari bilan muzokaralar boʻlib oʻtdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmatiga tayanib Kun nashri xabar bermoqda.
Oʻzbekistonda Coca-Cola xususiylashtirilishi mumkin (foto)
Koʻp tomonlama uchrashuvda oʻzaro hamkorlik va “Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd.” MCHJ QKga strategik investor jalb etish masalasi imkoniyatlari muhokama qilindi. Bunga Yevropa Tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) yordam beradi.

Hozirda “Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd.” MCHJ QKning 57,1 foizi “Oʻzbekoziqovqatxolding” davlat xolding kompaniyasiga, 42,9 foizi esa The Coca-Cola Export Corporationʻga tegishli.

“Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd.” MCHJ QK 1993 yilda tashkil etilgan. Bugungi kunda qoʻshma korxona Toshkent, Namangan va Urganch shahrida joylashgan Oʻzbekistondagi uchta zavodga egalik qiladi.

“Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd.” MCHJ QK Oʻzbekistonda oziq-ovqat sanoati sohasida 4ta ISO xalqaro sifat sertifikatlariga ega yagona korxona hisoblanadi.

YETTB 1992 yildan 2010 yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekistondagi 54 loyihaga 894 million yevro sarmoya kiritgan.
Oʻzbekistonda Coca-Cola xususiylashtirilishi mumkin (foto)
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.