Shavkat Mirziyoyev keyingi haftada Hindistonga safar uyushtiradi


Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev keyingi haftada Hindistonga safar uyushtirmoqchi. Bu haqda Oʻzbekistonning Hindistondagi elchisi Farxod Arziyev maʼlum qilgan.
Uning maʼlum qilishicha, tomonlar taʼlim, madaniyat, turizm va boshqa sohalarda hamkorlikni kengaytirishmoqchi.
Shuningdek, Andijon viloyati va Gujarot shtati oʻrtasida hamkorlik kelishuvi imzolanadi.
Shavkat Mirziyoyev Hindiston prezidenti Ram Natx Kovind va bosh vaziri Norendra Modi bilan uchrashishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













