Oʻzbekiston va Hindiston oʻrtasida 20 ta hujjat imzolandi (foto)

Oʻzbekiston va Hindiston oʻrtasida 20 ta hujjat imzolandi (foto)
Nyu-Dehlida oʻtgan oliy darajadagi muzokaralar yakunida imzolangan hujjatlarni oʻzaro almashish marosimi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modining Qoʻshma bayonoti qabul qilindi.

Tashrif doirasida ilmiy-texnik hamkorlik, qishloq xoʻjaligi, turizm, harbiy taʼlim, adliya, sogʻliqni saqlash va tibbiyot fani, farmatsevtika, kosmosni tinch maqsadlarda tadqiq etish va boshqa sohalarga doir 20ta hujjat imzolandi.
Oʻzbekiston va Hindiston oʻrtasida 20 ta hujjat imzolandi (foto)
Shuningdek, Andijon viloyati va Gujarot shtati, Samarqand shahri va Agra shaharlari oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, Erkin farmatsevtika zonasini tashkil etish toʻgʻrisida bitimlar imzolangan.
Oʻzbekiston va Hindiston oʻrtasida 20 ta hujjat imzolandi (foto)
Ommaviy axborot vositalari vakillari uchun oʻtkazilgan brifingda prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Hindiston bilan aloqalarga ustuvor ahamiyat qaratishi, amaliy ruhda oʻtgan muzokaralar tomonlarning oʻzaro hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini tasdiqlaganini taʼkidladi.
Oʻzbekiston va Hindiston oʻrtasida 20 ta hujjat imzolandi (foto)
Ikki mamlakat oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazishga kelishib olingani qayd etildi.
Oʻzbekiston va Hindiston oʻrtasida 20 ta hujjat imzolandi (foto)
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.