Jamshid Qo‘chqorov: "Nonning narxi oshirilmadi, balki erkinlashtirildi"

Jamshid Qo‘chqorov: "Nonning narxi oshirilmadi, balki erkinlashtirildi"
Moliya vazirligi G‘aznachiligida Moliya vazirligi tizimidagi mas’ul mutaxassislar, jurnalistlar ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari – moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovning aytishicha, bu safargi narx-navolarning oshirilishi avvalgilaridan farq qiladi hamda islohotlarga yordam berishi kerak.

“Masalan, nonning narxini bunday olib qaraganda oshirmadik, balki erkinlashtirdik. Davlat hech kimga un ham, non ham, elektr energiya ham sotmaydi. U o‘rtada adolatli savdo bo‘lishini ta’minlashi kerak bo‘lgan tashkilot. Bu islohotlarning maqsadi narxni oshirish emas, balki tagida bozor turibdi”, - dedi Jamshid Qo‘chqorov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda «buxanka» non narxi noyabrda yana oshishi mumkin ekani xabar qilingandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.