Prezident farmoni: Fransiya fuqarolari uchun vizasiz rejim belgilandi

Prezident farmoni: Fransiya fuqarolari uchun vizasiz rejim belgilandi
Fransiya Respublikasi fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirishda vizasiz rejimni belgilash to‘g‘risidagi prezident Farmoni qabul qilindi.

Adliya vazirligi telegram-kanali xabariga ko‘ra, farmonga muvofiq endilikda Fransiya fuqarolari O‘zbekiston hududiga tegishli vizani rasmiylashtirmasdan 30 kungacha kirishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiyaga tashrif chog‘ida ushbu davlat yirik kompaniyalariga chaqiriq bilan chiqqandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.