Qashqadaryo hokimi 500 nafar faol ayollarga noutbuk sovgʻa qildi

Qashqadaryo hokimi 500 nafar faol ayollarga noutbuk sovgʻa qildi
Qashqadaryo hokimi 8-mart munosabati bilan viloyatdagi 500 nafar faol ayollarga noutbuk sovgʻa qildi.

Qarshi shahridagi Mulla Toʻychi Toshmuhammedov nomli viloyat musiqali drama teatrida 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram kechasi tashkil etildi. Tadbirda viloyat hokimi Zafar Roʻziyev jamiyat hayotida faol boʻlgan xotin-qizlarning 500 nafariga noutbuk sovgʻa qilinganligini taʼkidladi.

“Bayram bahona viloyat hayotidagi faolligi uchun ushbu tadbirga chaqirilgan 500 nafar faol xotin-qizlarga zamonaviy noutbuk va viloyatimizning koʻzga koʻringan yozuvchisi Abdurahim Erkayev muallifligidagi kitob ham sovgʻa qildik, — deydi Zafar Roʻziyev.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshod
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.