Oʻzbekistonda saudiyalik ishbilarmon tomonidan farmatsevtika korxonasi quriladi

Oʻzbekistonda saudiyalik ishbilarmon tomonidan farmatsevtika korxonasi quriladi
Joriy yilning fevral oyida Saudiya Arabistoni Podshohligining farmatsevtikaga ixtisoslashtirilgan “Bashair al-Dava” kompaniyasi raisi Mazen al-Bashir hamda ushbu kompaniya kuzatuv kengashi aʼzosi shayx Muhammad al-Bashir Xorazm viloyatida boʻldi, deb xabar berdi “Xalq soʻzi onlayn”.

Xabarda aytilishicha, ushbu kompaniya Oʻzbekistonda farmatsevtika korxonasini qurishni rejalashtirmoqda.

“Yurtingizda ushbu soha rivojiga alohida eʼtibor qaratilyapti. Biz zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali ish boshlaymiz. Shuningdek, talabalar uchun treninglar tashkil qilib, ularning tajribasini oshirish masalasini koʻrib chiqmoqdamiz”, — degan “Bashair al-Dava” kompaniyasi raisi Mazen al-Bashir.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.