Toshkentda kuchsiz zilzila sezildi

Toshkentda kuchsiz zilzila sezildi
Toshkentda kuchsiz zilzila sezildi

8 yanvar kuni Toshkent shahrida mahalliy vaqt bilan soat 14:08 da erosti silkinishlari sezildi.

«Toshkent» markaziy seysmostansiyasidan ma’lum qilinishicha, Toshkentda sezilgan zilzila kuchi 2 balldan kam bo‘lgan.

Evropa - O‘rtaer dengizi seysmologiya markazi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila markazi Toshkentdan 540 kilometr uzoqlikda Afg‘onistondagi Hindikush tog‘larida bo‘lgan. Episentrda zilzila magnitudasi 5 ga teng bo‘lgan.

Erosti silkinishlari Samarqand shahrida ham sezildi, deb yozadi uz24.uz nashri.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.