O‘zbekistonda bog‘cha pullari oshirildi

O‘zbekistonda bog‘cha pullari oshirildi
O‘zbekistonda bog‘cha pullari oshirildi

O‘zbekiston rahbarining 2015 yil 22 dekabridagi PQ-2455-son qarori 34-ilovasi bilan 2016 yil uchun O‘zbekiston byudjetidan moliyalashtiriladigan maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalardan olinadigan to‘lov miqdorlari tasdiqlandi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

Ilova qilingan jadvalda keltirilishicha, bog‘chalar uchun to‘lovlar miqdori biroz oshirilgan.

Shuningdek, hukumatning 2010 yil 18 iyundagi 117-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat maxsus maktabgacha ta’lim muassasalari to‘g‘risida”gi nizomga PQ-2455-son bilan kiritilgan o‘zgartirishga muvofiq, maxsus maktabgacha muassasa faoliyatini moliyalashtirish manbalari yana bittaga ko‘paydi. Endilikda bunday muassasalarda bolalar ta’minoti uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda va tartibda undiriladigan ota-onalar to‘lovi endilikda maxsus maktabgacha muassasa faoliyatini moliyalashtirish manbalaridan biri hisoblanadi.
O‘zbekistonda bog‘cha pullari oshirildi

O‘zbekistonda bog‘cha pullari oshirildi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.