O‘zbekistonda Belarus texnologiyalari bo‘yicha sutchilik-mahsulotlar majmuasi quriladi

O‘zbekistonda Belarus texnologiyalari bo‘yicha sutchilik-mahsulotlar majmuasi quriladi
Toshkent viloyatida Belarus texnologiyalari bo‘yicha sutchilik-mahsulotlar majmuasi quriladi. Bu haqda Belarus qishloq xo‘jaligi vazirligining tashqi iqtisodiy faoliyat bosh boshqarmasi boshlig‘i Aleksey Bogdanov Belarus-O‘zbekiston hududlararo forumida ma’lum qildi.

«Toshkent viloyatida Borisovdagi «Zdravushka-milk» OAJning hamkori bo‘lib, ular O‘zbekistonda ming bosh sog‘in sigirga mo‘ljallangan sutchilik-mahsulotlar majmuasini quradi.

U yerda Belarus loyihasi bo‘yicha ferma, qayta ishlab chiqarish sexi barpo etiladi, Belarusdan uskuna va chorva mollari yetkazib beriladi», - dedi Aleksey Bogdanov.

Eslatib o‘tamiz, Belarus O‘zbekistonga parranda va mol go‘shti, sut mahsulotlari, shakar, qandolatchilik mahsulotlari yetkazib beradi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.