O‘zgidromet Qamchiq dovonida kuchli qor yog‘ishi mumkinligi haqida ogohlantirdi

O‘zgidromet Qamchiq dovonida kuchli qor yog‘ishi mumkinligi haqida ogohlantirdi
Foto: FVV matbuot xizmati
O‘zgidrometning ogohlantirishicha, 21—25 noyabrda «Toshkent—O‘sh» A-373 avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni hududiga qor yog‘ishi kutilmoqda.
Ta’kidlanishicha, ushbu hududga vaqti-vaqti bilan kuchli qor yog‘ishi ham mumkin.

«Tuman tushib, ko‘rinuvchanlik 50 metrgacha pasayadi, shamol sekundiga 17—22 m/s tezlikda esadi. 21—23 noyabrda harorat 3—5 daraja sovuqqacha, 24—25 noyabrda 8—13 daraja sovuqqacha pasayadi. Yo‘lda qor uyumlari, muzlamalar hosil bo‘ladi», — deyiladi xabarda.

Avvalroq O‘zbekiston hududiga 21—24 noyabrda Volgabo‘yi orqali Rossiyaning Yevropa hududi markaziy tumanlari (Moskva viloyati) ustida shakllangan sovuq va nam havo oqimi kirib kelishi haqida xabar berilgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.