Koronavirus tufayli O‘zbekistondagi barcha ta’lim muassasalari karantinga yopiladi

Koronavirus tufayli O‘zbekistondagi barcha ta’lim muassasalari karantinga yopiladi
Koronavirus sabab O‘zbekistondagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari, maktab o‘quvchilari va maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga 16 martdan ta’til beriladi.

16 martdan boshlab O‘zbekistondagi barcha bog‘chalar, maktablar va oliy ta’lim muassasalari koronavirus tarqalishiga qarshi profilaktika maqsadida karantinga yopiladi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov koronavirus mavzusiga bag‘ishlangan brifing chog‘ida ma’lum qildi.

Kun.uz yozishicha, ta’lim muassasalaridagi karantin uch haftagacha davom etishi ko‘zda tutilgan, vaziyatga qarab muddat uzayishi ham mumkin.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi. U 11 mart kuni Fransiyadan qaytgan, u bilan bir reysda bo‘lgan yo‘lovchilar va ekipaj a’zolari tibbiy nazoratga olingan, bemorning oila a’zolari va u bilan aloqada bo‘lgan boshqa kishilar izolyatsiya qilingan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.