O‘zbekistonda koronavirusga chalinishning yangi holatlari qayd etilmadi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinishning yangi holatlari qayd etilmadi
20 mart holatiga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlari o‘zgarishsiz qoldi.

«O‘zbekiston Respublikasida 2020 yil 20 mart, soat 9:00 holatiga ko‘ra koronavirusdan kasallanganlar soni 23 nafar.

So‘nggi bir kunda O‘zbekistonda virusdan kasallanishning yangi holatlari ro‘yxatga olingani yo‘q», dedi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga chalinishning ilk holati 15 mart kuni qayd etildi. 11 mart kuni Fransiyadan uchib kelgan ayolga koronavirus infeksiyasi tashxisi qo‘yilgan. Ushbu ayol keyinchalik yana 11 kishiga (o‘g‘li, qizi, turmush o‘rtog‘i, nabirasi, onasi, kelini, hamkasbi va yana to‘rt qarindoshiga) virus yuqtirgani ma’lum bo‘ldi.

Bundan tashqari, yana uchta yo‘nalishda O‘zbekistonga kirib kelganlarda virus aniqlangan:

15 mart kuni soat 05:15da Istanbul—Toshkent yo‘nalishidagi 274- reys (6 bemor).

Uchinchisi, 14 mart kuni London–Toshkent yo‘nalishidagi 201-reys (4 bemor).

To‘rtinchisi, Dubay–Toshkent yo‘nalishidagi reys (1 bemor).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.