«Yashil» va «sariq» hududlarda ochiq sayilgohlar faoliyatiga ruxsat beriladi

«Yashil» va «sariq» hududlarda ochiq sayilgohlar faoliyatiga ruxsat beriladi
Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, 22 may kunidan O‘zbekistonning «yashil» va «sariq» toifadagi hududlarida ochiq sayilgoh, muzey va san’at galereyalari faoliyatiga (o‘yingoh va ovqatlanish shoxobchalari bundan mustasno) ruxsat beriladi.

Bunda koronavirus infeksiyasi ikkinchi to‘lqini oldini olish maqsadida ushbu maskanlarga kirish joylarida majburiy ravishda barcha tashrif buyuruvchilar tana haroratlarini o‘lchangan holda kiritilishi (teplovizor yoki pirometr), shaxsiy himoya vositalarida bo‘lishlari (niqob), shuningdek, tashrif buyuruvchilar 2 metrlik ijtimoiy masofani saqlashi talab etiladi.

Bundan tashqari, ushbu maskanlarda tashrif buyuruvchilar uch kishidan ko‘p bo‘lib to‘planishi oldini olish bo‘yicha mazkur sayilgoh, ko‘ngil ochar maskan va muzeylar rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.