Kecha koronavirusga chalinganlar, sog‘ayganlar, vafot etganlar

Kecha koronavirusga chalinganlar, sog‘ayganlar, vafot etganlar
Shu yilning 28 avgust kuni mamlakatimizda 376 holatda kasallik qayd etilgan.
Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyatida 1 nafar, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Samarqand, Namangan, Xorazm, Surxondaryo viloyatlarida jami 747 nafar bemor sog‘aydi.
Kecha koronavirusga chalinganlar, sog‘ayganlar, vafot etganlar
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 40 823 nafar bemordan 37 947 nafari sog‘aydi. Ta’kidlash joizki, shifokorlarimizning fidokorona mehnati tufayli pandemiya davrida birinchi marta yurtimizda koronavirusdan sog‘ayish ko‘rsatkichi 93 foizgacha ko‘tarildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2573 nafar bemordan 301 nafari og‘ir, 131 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.