Sentabr oyi boshida yurtimizda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Respublika Gidrometerologiya markazi kirib kelayotgan sentabr oyi boshida kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Umuman olganda bu yilgi yoz unchalik issiq bo‘lmadi. Yoz oylaridagi o‘rtacha harorat me’yoriy qiymatlarga yaqin bo‘ldi.
Faqat ba’zi kunlardagina kunduzgi harorat 37-39 darajagacha, mamlakatimiz janubi va shimoliy tumanlarda ayrim joylarda 40-42 darajagaga yetdi.
Iyulda issiq davr sal uzoq davom etdi. Kunduzgi harorat 37-39 daraja cho‘l zonasida 43 darajagacha bo‘lgan ob-havo faqat iyulning o‘rtasida kuzatildi.
26 avgustda respublika bo‘yicha harorat keskin pasayib, momaqaldiroqli yomg‘irlar yog‘ib o‘tdi. Ob-havoning bunday o‘zgarishi ayniqsa O‘zbekistonning markaziy tumanlarida avj oldi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kuchli va davomli bo‘ldi. Toshkentda shu kuni 1 mm oylik normada yoqqan yog‘inlar miqdori 17 mm ni tashkil qildi.
Sentabr-kuzning birinchi oyi. O‘zbekistonda sentabrda, ayniqsa uning birinchi yarmida odatda ob-havo issiq va kam bulutli bo‘ladi. Qisqa muddatli yomg‘irlar faqat ayrim kunlarda ko‘proq tog‘li va tog‘oldi hududlarda kuzatilishi mumkin. Tungi harorat 15-20 daraja atrofida bo‘ladi, kunduzi 32-37 darajadan 25-30 daraja issiqqacha o‘zgarib turadi.
31 avgustda Volgabo‘yi hududidan nisbatan nam va salqin havo oqimi kirishi natijasida ob-havo o‘zgaradi. Respublika bo‘yicha bulutlilikning ortishi, ob-havoning yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi kutilmoqda, faqat Toshkent viloyatining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzgi harorat 1-2 darajaga pasayadi va 28-33 daraja atrofida bo‘ladi, bu me’yordan sal past haroratdir.
Sentabrning ilk kunlari ob-havo asosan yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Harorat kechasi 15-20, kunduzi 30-35 daraja atrofida bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li va tog‘oldi tumanlarida 30-31 avgust va 1-2 sentabr kunlari qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Umuman olganda bu yilgi yoz unchalik issiq bo‘lmadi. Yoz oylaridagi o‘rtacha harorat me’yoriy qiymatlarga yaqin bo‘ldi.

Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.