O‘zbekistonda havo keskin sovishi bashorat qilinmoqda

O‘zbekistonda havo keskin sovishi bashorat qilinmoqda
O‘zbekistonda 24 fevral, chorshanba tunidan boshlab havo harorati keskin sovishi kutilyapti. Buni qator gidrometeorologik xizmatlarning ob-havo bashoratlari ham tasdiqlamoqda.

Mamlakatda 23 fevral, seshanba kuni boshlanadigan yomg‘ir aksar hududlarda qorga aylanishi bashorat qilingan. 24 fevral kuni kechga borib havo harorati - 5 – 8 darajagacha, 25 fevral kuni kechasi esa -10 – 12 darajagacha pasayishi kutilmoqda.
O‘zbekistonda havo keskin sovishi bashorat qilinmoqda
O‘zbekistonda havo keskin sovishi bashorat qilinmoqda
O‘zbekistonda havo keskin sovishi bashorat qilinmoqda
Gidrometeorologik xizmatlar berayotgan bashoratlarga ko‘ra, respublika hududida sovuq havo hafta so‘ngigacha saqlanib qoladi. Yandeks ob-havo xizmati mart oyining ilk kunlaridan havo yana isiy boshlashini bashorat qilgan.
O‘zbekistonda havo keskin sovishi bashorat qilinmoqda
Avvalroq, 15 fevral kuni «O‘zgidromet» O‘zbekistonga Eron hududidan iliq va quruq havo kirib kelishi bilan hafta oxirida ob-havoda keskin o‘zgarish kutilayotgani haqida xabar bergandi. So‘ngra 18-21 fevralda O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan nam va deyarli salqin havo massalari kirib kelishi ham bashorat qilindi. «O‘zgidromet» hozircha boshqa gidrometeorologik xizmatlardan farqli fevralning so‘nggi haftasi sovuq kelishidan ogohlantirgani yo‘q.
O‘zbekistonda havo keskin sovishi bashorat qilinmoqda
O‘zbekistonda havo keskin sovishi bashorat qilinmoqda
O‘zbekistonda havo keskin sovishi bashorat qilinmoqda
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.