O‘zbekistonda hafta o‘rtasida harorat 32 darajagacha ko‘tariladi

O‘zbekistonda hafta o‘rtasida harorat 32 darajagacha ko‘tariladi
O‘zbekistonning shimoliy hududlariga 6 aprel kuni Eron hududlaridan iliq va quruq havo massalari kirib kelishi boshlanadi, deb xabar bermoqda «O‘zgidromet».

Xabarga ko‘ra, mamlakat bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzi havo harorati 18-20 daraja iliqqacha isiydi va me’yoriy qiymatlarga yaqinlashadi.

7—9 aprel kunlari iliq havo massalari O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. Asosan, kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Markaziy, sharqiy hududlarda kunduzgi havo harorati 23-26 daraja iliqqacha, shimolda va janubda 27-32 daraja iliqqacha asta-sekin ko‘tariladi, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 2-3 darajaga ko‘pdir.

5—9 aprel kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida 1600 metrdan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.