O‘zbekiston hududiga issiq havo kirib kelishi davom etadi

O‘zbekiston hududiga issiq havo kirib kelishi davom etadi
«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, bugun kunduz kuni O‘zbekiston hududiga Volga bo‘yi hududidan issiq havo kirib kelishi davom etadi. Havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Havo 36-41° gacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda 43° gacha isiydi.
Poytaxtimizda havo kam bulutli bo‘ladi. Harorat 38-40° gacha ko‘tariladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo 26-31° atrofida bo‘ladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.