Prezident farmoni bilan 2022 yilda qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi

Prezident farmoni bilan 2022 yilda qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi
Prezident farmoni bilan 2022 yilda qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi, deya xabar qilmoqda Telegram’dagi «Nigoh» kanali.

Qayd etilishicha, barcha xodimlar (ish haftasining turidan qat’i nazar) 3 yanvar — dushanba, 22 mart — seshanba, 23 mart — chorshanba, 11 iyul — dushanba va 2 sentabr — juma kunlari dam oladi.

Olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 4 yanvar — seshanba, 4 may — chorshanba, 5 may — payshanba, 12 iyul — seshanba, 3 sentabr — shanba va 31 dekabr — shanba dam olish kuni hisoblanadi.

Shuningdek, 2022 yilda besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda ko‘chirildi:

8 yanvar — shanba kunidan 4 yanvar — seshanba kuniga;
7 may — shanba kunidan 4 may — chorshanba kuniga;
14 may — shanba kunidan 5 may — payshanba kuniga;
16 iyul — shanba kunidan 12 iyul — seshanba kuniga.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonliklar Navro‘z bayramida ketma-ket 3 kun, mustaqillik bayrami munosabati bilan esa 5 kun dam olgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.