Dam olish kunlari ob-havo keskin sovishi kutilmoqda

Dam olish kunlari ob-havo keskin sovishi kutilmoqda
Gidrometeorologiya xizmati dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Bugun O‘zbekiston hududining katta qismida quyoshli va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Kaspiy dengizidan siklon kirib kelishida respublikaning shimolida ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi, Qoraqalpog‘istonda, Surxondaryo viloyatida kechga tomon biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Havo harorati 7-12° iliq, shimolda 3° sovuq-2° iliq atrofida bo‘ladi.

Ertaga sovuq antitsiklon respublikaning barcha hududlarini qamrab oladi. O‘zbekistonda bulutli va sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, respublika bo‘yicha yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi biroz yog‘ingarchilik bo‘ladi, tog‘li hududlarda qor yog‘adi, harorat kunduzi 0-5° iliqdan oshmaydi.

21-22 yanvar kunlari sovuq front o‘tishida respublika bo‘yicha shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Yakshanba kuniga yog‘ingarchilik to‘xtaydi, faqat respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida biroz yog‘ingarchilik saqlanib turadi. Kechasi sovuq kuchayadi va 0-5° sovuq, shimolda 5-10° sovuq atrofida bo‘ladi, kunduzi havo harorati 3-8° iliqni tashkil etadi.

Dam olish kunlari siklon ta’sirida tuman hosil bo‘ladi kurinuvchanlik yomonlashadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.