Dam olish kunlarida qanday ob-havo kuzatiladi?

Dam olish kunlarida qanday ob-havo kuzatiladi?
Dam olish kunlari respublika hududining katta qismida iliq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.

Qayd etilishicha, mart oyining oxirgi kunlari O‘zbekiston hududiga Erondan iliq havo kirib kelishi boshlandi, ushbu holat aprel oyining birinchi haftasida ham davom etadi.

Dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan quruq va juda iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunduz kunlari havo 20-24° gacha, ba’zi joylarda 25-28° gacha isiydi. Bu aprel oyi boshidagi ko‘p yillik qiymatlardan 4-6° ga yuqoridir.

Respublika hududining katta qismida ushbu kunlarda asosan kam bulutli va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax viloyatlarida, shuningdek, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 2 aprel shanba kuni havo bulutli bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqalidroq bo‘lishi mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.