Urush boshlanganidan buyon Ukrainani 5,7 mln kishi tark etdi

Urush boshlanganidan buyon Ukrainani 5,7 mln kishi tark etdi
Foto: TASS
Ukrainani 24 fevraldan 5 maygacha 5 mln 707 ming 967 nafar kishi tark etdi, deb xabar berdi BMTning qochqinlar bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi.

Ma’lumot berilishicha, Ukrainani tark etganlarning yarmidan ko‘pi Polshadan boshpana topgan.

Polshaga 3 mln 119 ming 196, Ruminiyaga – 854 ming 292, Rossiyaga - 714 ming 713, Vengriyaga – 545 ming 311, Moldovaga – 450 ming 797, Slovakiyaga – 388 ming 282, Belarusga – 25 ming 852 nafar qochqin o‘tgan.

Qayd etilishicha, 18 fevraldan 23 fevralgacha Rossiyaga Donetsk va Lugansk oblastlaridan 105 ming kishi o‘tgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.