Erdo‘g‘on turk armiyasini dunyodagi eng kuchli armiyaga aylantirmoqchi

Erdo‘g‘on turk armiyasini dunyodagi eng kuchli armiyaga aylantirmoqchi
Foto: Global Look Press
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on mamlakat armiyasini dunyodagi eng kuchli armiyaga aylanmaguncha kuchaytirishda davom etishini aytdi, deya xabar bermoqda Anadolu agentligi.

«Biz armiyamiz dunyodagi eng kuchli armiyaga aylanmaguncha uni kuchaytirish bo‘yicha qadamlarni davom ettiramiz», dedi Erdo‘g‘on 1 iyul kuni Istanbuldagi Milliy Mudofaa Universitetida so‘zlagan nutqida.

Erdo‘g‘onning so‘zlariga ko‘ra, turk armiyasining so‘nggi yillardagi muvaffaqiyatlari, xususan, terrorizmga qarshi kurashi uni «dunyodagi eng kuchli armiyalar» qatoriga kiritish uchun allaqachon asos bo‘ladi.

«Terrorizmga qarshi kurash tahdid to‘liq bartaraf etilmaguncha davom etadi», — deya ta’kidlagan Turkiya prezidenti.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.