Baxmut uchun jang: urush o‘chog‘idagi vaziyat haqida ma’lumot berildi

Baxmut uchun jang: urush o‘chog‘idagi vaziyat haqida ma’lumot berildi

Ukraina qurolli kuchlari quruqlik qo‘shinlari qo‘mondoni general-polkovnik Aleksandr Sirskiy Baxmutdagi vaziyat haqida ma’lumot berdi. Bu haqda UNIAN xabar berdi.

Donetsk viloyati Baxmut atrofidagi vaziyat og‘irligicha qolmoqda, chunki Rossiya armiyasi Ukraina qo‘shinlarining mudofaasini yorib o‘tishga urinmoqda.

Baxmut atrofidagi vaziyat og‘ir. \'Vagner\' hujum otryadlari bir necha yo‘nalishdan oldinga o‘tib, qo‘shinlarimiz mudofaasini yorib o‘tgan holda shaharning markaziy hududlariga kirishga urinmoqda”, — dedi u.

Sirskiyning so‘zlariga ko‘ra, og‘ir janglarda ukrainalik himoyachilar dushmanga katta talofatlar yetkazmoqda.

Artilleriya, tank va boshqa qurollar yordamida dushmanning shaharni egallashiga to‘sqinlik qilinmoqda. Shahar mudofaasi davom etmoqda”, — dedi u.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.