Turkiya poytaxti Anqarada kuchli portlash yuz berdi


Turkiya poytaxti Anqarada kuchli portlash yuz berdi. Bu haqda, \"Meduza\"ga asoslanib, \"Daryo\" xabar bermoqda.
CNN Turk telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, portlash davlat televideniesi binosida yuz bergan.
16 iyulga o‘tar kechasi Turkiyada to‘ntarishga urinish yuz berdi. Harbiylar bayonotiga ko‘ra, ular mamlakatdagi hokimiyatni o‘z qo‘liga olgan.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an FaceTime orqali aloqaga chiqib, hali ham qurolli kuchlarning bosh qo‘mondoni ekanini ma’lum qildi va odamlarni maydonlarga chiqishga chaqirdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













