Zelenskiy ukrainaliklarning safarbarlik yoshini 27 yoshdan 25 yoshga tushirdi

Foto: Google Images
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy safarbarlik yoshini 27 yoshdan 25 yoshgacha qisqartiruvchi qonunni imzoladi. Ushbu chora Ukraina Oliy Radasi tomonidan 2023 yilning may oyida tasdiqlangan. Qonun Ukraina parlamenti veb-saytida e’lon qilindi.
2023 yilda Ukraina Mudofaa vazirligi safarbarlik yoshi chegarasini pasaytirish tashabbusi bilan chiqqandi. Vazirlikning ta’kidlashicha, mamlakatda harbiy holat e’lon qilingan bo‘lsa-da, 27 yoshga to‘lmagan muddatli harbiy xizmatga chaqiriluvchilarni harbiy ro‘yxatga olish zarurati yo‘q, har yili tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish qo‘shimcha mablag‘ va moliyaviy xarajatlarga olib keladi.
7 fevral kuni Oliy Rada safarbarlik to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Qonunda elektron chaqiruvni joriy qilish, xizmatdan bo‘yin tovlaganlarga avtomobil haydashni taqiqlash va bank hisob-raqamini blokirovka qilish kabi choralar belgilangan.
Ikkinchi o‘qishga qadar tashabbusga 4 mingdan ortiq tuzatishlar kiritildi. Qonun loyihasining dastlabki versiyasi inson huquqlarini buzuvchi moddalar tufayli parlament tomonidan rad etilgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy safarbarlik yoshini 27 yoshdan 25 yoshgacha qisqartiruvchi qonunni imzoladi. Ushbu chora Ukraina Oliy Radasi tomonidan 2023 yilning may oyida tasdiqlangan. Qonun Ukraina parlamenti veb-saytida e’lon qilindi.
2023 yilda Ukraina Mudofaa vazirligi safarbarlik yoshi chegarasini pasaytirish tashabbusi bilan chiqqandi. Vazirlikning ta’kidlashicha, mamlakatda harbiy holat e’lon qilingan bo‘lsa-da, 27 yoshga to‘lmagan muddatli harbiy xizmatga chaqiriluvchilarni harbiy ro‘yxatga olish zarurati yo‘q, har yili tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish qo‘shimcha mablag‘ va moliyaviy xarajatlarga olib keladi.
7 fevral kuni Oliy Rada safarbarlik to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Qonunda elektron chaqiruvni joriy qilish, xizmatdan bo‘yin tovlaganlarga avtomobil haydashni taqiqlash va bank hisob-raqamini blokirovka qilish kabi choralar belgilangan.
Ikkinchi o‘qishga qadar tashabbusga 4 mingdan ortiq tuzatishlar kiritildi. Qonun loyihasining dastlabki versiyasi inson huquqlarini buzuvchi moddalar tufayli parlament tomonidan rad etilgandi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













