Hillari Klinton davlat kotibi vaqtida Rossiyada maxfiy ma’lumotlarni qoldirgan

Hillari Klinton davlat kotibi vaqtida Rossiyada maxfiy ma’lumotlarni qoldirgan
Hillari Klinton davlat kotibi vaqtida Rossiyada maxfiy ma’lumotlarni qoldirgan

FQB direktori Jeyms Komining so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidentligi uchun Demokratik partiya nomzodi Hillari Klinton davlat kotibi bo‘lib ishlagan vaqtlarda maxfiy ma’lumotlarga nisbatan \"ehtiyotsizlikka yo‘l qo‘ygan\", deb xabar qilmoqda \"Kun\" nashri.

AQSh Federal qidiruv byurosi \"pochta ishi\" bo‘yicha 189 sahifani oshkor qildi. Unga ko‘ra, Hillari Klintonning Rossiyaga safarlaridan birida, uning yordamchisi qoidalarga zid ravishda maxfiy ma’lumotlar bitilgan hujjatlarni Klintonning mehmonxonasiga olib keladi. Shundan so‘ng, Klinton va uning yordamchisi xonani tark etgach, diplomatik qo‘riqlash xizmati xodimlari davlat siriga oid hujjat qolib ketganini aniqlashadi.

Eslatib o‘tamiz, sobiq davlat kotibi xizmatdalik vaqtida xususiy pochta serveridan foydalanganlikda ayblanadi. Bu nazariy jihatdan xizmat yozishmalarini jamoatchilikdan yashirgan bo‘lsa-da, aslida maxfiy ma’lumotlarning o‘g‘irlanishiga imkon berar edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.