Donald Tramp qachon qasamyod qilishi ma’lum qilindi

Donald Tramp qachon qasamyod qilishi ma’lum qilindi
Respublikachi Donald Trampning inauguratsiyasi 2025 yil 20 yanvarga belgilangan. Bu haqda USA Today xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, u Vashingtondagi AQSH Kapitoliyi binosida bo‘lib o‘tadi. Tadbirda yangi prezidentning qasamyod qabul qilish marosimi va nutqi o‘rin olgan. Marosimdan oldin va keyin boshqa tadbirlar, jumladan, gala-parad va bal bo‘lishi rejalashtirilgan.

Unga qadar prezident vakolati amaldagi rahbar Jo Baydenda bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi natijalarga ko‘ra, Tramp 286 ta saylov ovozini qo‘lga kiritdi. Prezident bo‘lish uchun esa 270 ovoz kifoya qiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.