Norvegiyalik grossmeyster Magnus Karlsen uylandi

Norvegiyalik grossmeyster Magnus Karlsen uylandi
Shaxmat boʻyicha 16-jahon chempioni, norveg grossmeysteri Magnus Karlsen joriy yil 4 yanvar kuni uylandi. Uning rafiqasi Ella Viktoriya Meloun hisoblanadi.

OAV ma'lumotiga koʻra, Ella Viktoriya Meloun Osloda tugʻilgan, kelib chiqishi norvegiyalik va amerikalik. U 26 yoshda boʻlib, Karlsendan 9 yosh kichik.

Eslatib oʻtamiz, toʻydan sal avval Nyu-Yorkdagi dramatik jahon chempionatida Magnus «jinsi mojarosi» tufayli rapid turnirini tark etgandi. Keyin dress-kod qoidalarini yumshatgan FIDE uni blis turniriga qaytargan va finalga qadar etib borgan Magnus Karlsen yakunda chempionlikni Yan Nepomnyashiy bilan boʻlishib olgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.