AQSHda ayol unutuvchan eri tufayli lotereyada 500 ming dollar yutib oldi

AQSHda ayol unutuvchan eri tufayli lotereyada 500 ming dollar yutib oldi

Eri lotereya chiptalarini sotib olishni unutgan janubiy karolinalik ayol o‘zi do‘konga borib, yutuqli talonlarni sotib oldi. U bu voqeani lotereya kompaniyasi xodimlariga aytib bergan.

Hammasi er-xotinning birgalikda xarid qilishdan boshlandi. Ayol do‘kondan chiqib, unutuvchan eri lotereya chiptalarini sotib olmaganini bilib qoldi, shuning uchun u do‘konga mustaqil ravishda qaytishga majbur bo‘ldi. \"Men navbatda turgandim va e’tiborimni bu yorqin, yaltiroq va yarqiroq chiptalar tortdi. Uchtasini sotib oldim,\" - dedi u.

Dastlabki ikkita chipta unga hech qanday yutuq keltirmadi, ammo uchinchisi amerikalik ayolning hamyonini 500 ming dollarga to‘ldirdi. U pulni qanday ishlatishni allaqachon bilishini aytdi. Mablag‘ning bir qismini u sayohatga, qolganini esa muddatidan oldin pensiyaga chiqishga sarflaydi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.