Erondagi hujumlar oqibatida 170 nafar o‘quvchi va pedagog halok bo‘ldi

Erondagi hujumlar oqibatida 170 nafar o‘quvchi va pedagog halok bo‘ldi

AQSH va Isroil tomonidan amalga oshirilgan hujumlar oqibatida Eronda 170 nafar o‘quvchi va pedagog xodim halok bo‘lgani ma’lum qilindi, deb Fars xabar berdi.

Eron Ta’lim vazirligi axborotiga ko‘ra, harbiy zarbalar ta’lim muassasalariga ham ta’sir ko‘rsatgan. Qurbonlar orasida o‘quvchilar va o‘qituvchilar borligi qayd etilgan.

Bundan avval Minob shahridagi qizlar maktabiga qilingan hujum natijasida 40 nafar o‘quvchi halok bo‘lgani haqida xabar tarqalgan edi.

Ayni paytda vaziyat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar aniqlashtirilmoqda. Hududda xavfsizlik choralari kuchaytirilgani bildirildi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.