Yaqin Sharqdagi mojaro Hindistonda energiya inqirozini keltirdi

Yaqin Sharqdagi mojaro Hindistonda energiya inqirozini keltirdi

Yaqin Sharqdagi mojaro fonida Hindistonda gaz tanqisligi yuzaga kelib, aholining ko‘pchiligi yana o‘tin va ko‘mirdan foydalanishga majbur bo‘ldi, deb xabar bermoqda The Times of India.

Madxya-Pradesh shtatining Bxopal shahri fuqarosi Shanu Modakning aytishicha, \"Suyultirilgan neft gazi ballonlarini topishning imkoni bo‘lmagani sababli, biz o‘tindan foydalangan pechlarimizning changini artib, ulardan foydalanishga majbur bo‘ldik\".

Yana bir uy bekasining ta’kidlashicha, odamlar xuddi buvilar davridagidek yana o‘tin yorishga va olov yoqishga qaytmoqda. Bu esa kundalik hayotga qo‘shimcha qiyinchiliklar keltirmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.