Eronning V1 ko‘prigiga hujum: 13 kishi halok bo‘ldi

Tehron va Karaj shaharlarini bog‘lovchi Eronning V1 ko‘prigiga amalga oshirilgan hujum natijasida halok bo‘lganlar soni 13 kishiga yetdi. Ushbu xabarni Eronning Mehr axborot agentligi tasdiqladi.
Payshanba kuni ommaviy axborot vositalari V1 ko‘prigiga AQSh va Isroil tomonidan amalga oshirilgan zarba haqida xabar bergan edi. O‘sha paytda Tasnim axborot agentligi sakkiz kishi halok bo‘lganini va 95 kishi jarohatlanganini ma’lum qilgan edi.
Mehr agentligining xabariga ko‘ra, hujum natijasida 13 kishi shahid bo‘lgan va hodisa yuzasidan rasmiy tekshiruvlar davom etmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













