Eron yangi havo himoyasi bilan A-10ni nishonga oldimi?

Eron yangi havo himoyasi bilan A-10ni nishonga oldimi?

Yaqin Sharqdagi harbiy keskinlik fonida Eron tomonidan qo‘llanilgan yangi havo mudofaa vositasi haqidagi xabarlar muhokamalar markaziga aylandi. Ayrim manbalarga ko‘ra, kecha AQSHning A-10 Thunderbolt II hujum samolyotini nishonga olishda AD-08 “Majid” tizimidan foydalanilgan.

Ma’lum qilinishicha, AD-08 “Majid” — bu qisqa masofada ishlaydigan, past balandlikdagi nishonlarga qarshi mo‘ljallangan zamonaviy havo mudofaa majmuasidir. U asosan dronlar, kruiz raketalari, vertolyotlar va boshqa past uchuvchi obyektlarga qarshi samarali himoyani ta’minlash uchun ishlab chiqilgan.

Mazkur tizim mobil xarakterga ega bo‘lib, odatda 4x4 taktik yuk mashinalari — xususan Aras-2 yoki Iveco Daily platformalariga o‘rnatiladi. Bu esa uning tez harakatlanish va turli sharoitlarda qo‘llanilish imkoniyatini oshiradi.

Shuningdek, majmua zamonaviy elektro-optik aniqlash uskunalari hamda infraqizil boshqariladigan raketalar bilan jihozlangan. Har bir uchirish qurilmasi ikki blokdan iborat bo‘lib, ularning har biriga to‘rttadan raketa joylashtirilgan.

Mutaxassislar fikricha, bunday tizimlarning faol qo‘llanilishi hududdagi havo hujumlariga qarshi kurash samaradorligini oshirishi mumkin. Biroq mazkur holat bo‘yicha rasmiy tasdiqlar haligacha taqdim etilmagan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.