Tel-Avivda urushga qarshi miting kuch bilan tarqatildi (video)

Tel-Avivda urushga qarshi miting kuch bilan tarqatildi (video)

Tel-Aviv shahrida urushga qarshi tashkil etilgan ommaviy namoyish politsiya tomonidan kuch ishlatilgan holda tarqatib yuborildi. Voqea jamoatchilik e’tiborini tortdi va ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Bu haqida РИА Новости nashri xabar berdi.

Yuzlab isroilliklar Tel-Aviv markazidagi Teatr maydonida to\'planishdi. Ular rasmiylarni Livan, Eron va G\'azo sektoridagi harbiy harakatlarni to\'xtatishga chaqirishdi.

Huquq-tartibot organlari ma’lumotiga ko‘ra, miting davomida jamoat tartibini buzishda gumon qilingan 17 nafar ishtirokchi qo‘lga olingan. Rasmiy bayonotda ta’kidlanishicha, namoyishchilar soni 600 nafardan oshganidan so‘ng tadbir noqonuniy deb e’lon qilingan.

Ma’lum qilinishicha, bu cheklov sud qarori bilan belgilangan. Unga ko‘ra, ishtirokchilar soni 600 nafardan kam bo‘lgan taqdirda, politsiya ushbu hududda namoyishni tarqatish huquqiga ega emas.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.