Eron Oliy rahbari yaqin orada xalqqa murojaat qilishi kutilmoqda

Eron Oliy rahbari yaqin orada xalqqa murojaat qilishi kutilmoqda

Eron Oliy rahbari Mujtabo Xomanaiy yaqin kunlarda mamlakat xalqi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat orqali chiqishi mumkin. Bu haqda uning Hindistondagi vakili Abdul Majid Hakim Ilohiy TASS agentligiga ma’lum qildi.

Vakilning so‘zlariga ko‘ra, Oliy rahbarning chiqishi tez orada amalga oshishi kutilmoqda va u bevosita xalqqa murojaat yo‘llashi rejalashtirilgan.

“Biz u kishining yaqin vaqt ichida chiqish qilib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalq bilan muloqot qilishiga umid qilamiz”, — dedi Abdul Majid Hakim Ilohiy.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.