Markaziy Osiyoda ilk uchar taksi: Qozog‘iston hayratlantirdi

Markaziy Osiyoda ilk uchar taksi: Qozog‘iston hayratlantirdi

Qozog‘iston Markaziy Osiyoda birinchilardan bo‘lib uchar taksini sinovdan o‘tkazdi. Qurilma soatiga 200 kilometr tezlikka erisha oladi va bir marta quvvatlanishda 200 kilometrgacha masofani bosib o‘tadi.

Havo taksisi bir nafar uchuvchi va beshta yo‘lovchiga mo‘ljallangan bo‘lib, u 13 ta elektr dvigatel bilan jihozlangan. Elektr energiyasida ishlaydigan aerotaksi tirbandlikni kamaytirish, sayyohlik obyektlarini bog‘lash va sayohat vaqtini sezilarli darajada qisqartirish imkonini beradi.

Olmaota viloyati hokimi Marat Sultangaziyevning so‘zlariga ko‘ra, loyihani amalga oshirish uchun 250 million dollar sarmoya jalb qilingan. “Boshqa transport turlariga nisbatan qurilma ancha past ovozda ishlaydi va karbonat angidrid gazini chiqarmaydi.

Xavfsizlik talablariga muvofiq, birinchi sinov parvozi yo‘lovchilarsiz amalga oshirildi”, – deyiladi hokimlik xabarida. Xizmat 2029 yilga kelib to‘liq ishga tushirilishi kutilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.