6 yoshli bolakay ayiq hamlasining qurboniga aylandi

6 yoshli bolakay ayiq hamlasining qurboniga aylandi
Sibirdagi Taymir yarim orolida joylashgan bir qishloqda 6 yoshli bolakayga ayiq hamla qilgan. Bu haqda “Qalampir” nashri xabar berdi.

Xabarda keltirilishicha, voqea Krasnoyar o‘lkasidagi Xeta qishlog‘ida sodir bo‘lgan.

Do‘stlari va ukalari bilan o‘yin o‘ynayotgan 6 yoshli bolakayga ayiq hamla qilgan. Natijada bolakay og‘ir jarohatlar tufayli hayotdan ko‘z yumgan.

Mahalliy aholi vakillari tomonidan ayiq topilganligi va o‘ldirganligi ma’lum qilingan.

Rossiyaning o‘rmonli hududlarida keyingi yillarda oziqa topishga qiynalayotgan ayiqlar qishloqlar atrofidan yegulik izlashni boshlagan. Buning natijasida mahalliy aholi ayiqlar hujumiga tez-tez uchrab turibdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.