Yoqutistondan noyob kattalikdagi ikkita olmos topildi

Yoqutistondan noyob kattalikdagi ikkita olmos topildi
Yoqutistondan 97,92 va 85,62 karatli yirik olmos topildi. Bu haqida ushbu toshlarni qo’lga kiritgan \"Alrosa” kompaniyasi ma’lumotlariga tayangan holda “Korrespondent.net” nashri xabar bermoqda.

“Biz sizga yangi topilmalar haqida xabar berishdan shodmiz. Haqiqatan ham 50 karatdan kattaroq yirik toshlar juda kam uchraydi” dedi ESO ALROSA rahbari Yevgeniy Agureyev.

97,92 karatli olmos sarg’ish tusga ega shaffof tosh bo’lib 26 x 17 x 21 mm o’lchamlariga ega.

Ikkinchi olmos ham avvalgisi kabi shaffof va sarg’ish tusda. Uning o’lchamlari esa 27,89 x 27,20 x 27,14 mm ga tengdir.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ойдиной
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.