Trampning yangi limuzini ilk bor omma oldida namoyish etildi (video)

Trampning yangi limuzini ilk bor omma oldida namoyish etildi (video)
Трампнинг янги лимузини илк бор омма олдида намойиш этилди (видео)

AQSH prezidenti Donald Trampning Nyu-Yorkka tashrifi chogʻida uning The Beast (Yirtqich) deb ataluvchi “Kadillak”i namoyish etildi.

Yangi mashina tayyor boʻlgani va AQSH maxfiy xizmatiga berilgani haqida aprelda maʼlum qilingandi. Cadillac sobiq rahbari Yoxan de Nayssen Fox News agentligiga bergan intervyusida kompaniya shartnomaning barcha shartlarini bajargani va avtomobilni mijozga topshirganini bildirgandi.

The Beast ogʻir pikap platformasi asosida qurilgan. Mashina yoʻlovchilari oʻt oʻchirish tizimi va kimyoviy va biologik quroldan himoyalovchi zirhlangan kapsula ichida oʻtiradi. Bundan tashqari, limuzin tungi koʻrish tizimi, tutunli zambaraklar, eshik tutqichlari orqali elektr zaryadi oʻtkazuvchi himoya tizimi bilan jihozlangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.