Qirg‘izistonda janubiy Botken viloyati prokurori o‘ldirildi

Qirg‘izistonda janubiy Botken viloyati prokurori o‘ldirildi
Janubiy Botken viloyati prokurori Anarbay Mamajakipov yakshanbaga o‘tar kechasi o‘ldirilgan, deb xabar berdi Kun.uz RIA Novostiga tayanib.
Qirg‘izistonda janubiy Botken viloyati prokurori o‘ldirildi

Anarbay Mamajakipov
Foto: prokuror.kg

\"Ushbu holat yuzasidan respublika Jinoyat kodeksining \"qotillik\" moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumondor qo‘lga olingan, u bilan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda\", — deb ma’lum qildi Amanqulova.

Uning so‘zlariga ko‘ra, jinoyat sababi va tafsilotlari haqida gapirishga hali erta.

Mamajakipov may oyida Botken viloyati prokurori etib tayinlangandi, unga qadar Talas shahri prokurori vazifasini bajargan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.